وَحَدَّثَنَاهُ أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا أَبُو أُسَامَةَ، حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ، عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، أَنَّهُ نَادَى بِالصَّلاَةِ بِضَجْنَانَ ثُمَّ ذَكَرَ بِمِثْلِهِ وَقَالَ أَلاَ صَلُّوا فِي رِحَالِكُمْ . وَلَمْ يُعِدْ ثَانِيَةً أَلاَ صَلُّوا فِي الرِّحَالِ . مِنْ قَوْلِ ابْنِ عُمَرَ .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, u Zajnon (degan joy)da namozga (odamlarni) chaqirdi. Soʻng (rovi yuqoridagining) misli (oʻxshashi)ni zikr qildi va: «Diqqat, manzillaringizda namoz oʻqinglar!» dedi. Ammo ikkinchi marta «Diqqat, manzillarda namoz oʻqinglar!» (degan) Ibn Umarning soʻzini takrorlamadi.