وَحَدَّثَنِي مُحَمَّدُ بْنُ حَاتِمٍ، حَدَّثَنَا عَفَّانُ بْنُ مُسْلِمٍ، حَدَّثَنَا هَمَّامٌ، حَدَّثَنَا أَنَسُ بْنُ سِيرِينَ، قَالَ تَلَقَّيْنَا أَنَسَ بْنَ مَالِكٍ حِينَ قَدِمَ الشَّامَ فَتَلَقَّيْنَاهُ بِعَيْنِ التَّمْرِ فَرَأَيْتُهُ يُصَلِّي عَلَى حِمَارٍ وَوَجْهُهُ ذَلِكَ الْجَانِبَ - وَأَوْمَأَ هَمَّامٌ عَنْ يَسَارِ الْقِبْلَةِ - فَقُلْتُ لَهُ رَأَيْتُكَ تُصَلِّي لِغَيْرِ الْقِبْلَةِ . قَالَ لَوْلاَ أَنِّي رَأَيْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَفْعَلُهُ لَمْ أَفْعَلْهُ .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Anas ibn Molik Shomga kelganida uni qarshi oldik, biz uni Aynut-Tamr (degan joy)da qarshi oldik. Men uni eshak ustida, yuzi anavi tomonga qaragan holda namoz oʻqiyotganini koʻrdim — (roviy) qiblaning chap tomoniga ishora qildi. Men unga: «Sizni qiblaga emas, boshqa tomonga (qarab) namoz oʻqiyotgan koʻrdim», dedim. (U) dedi: «Agar Rasululloh ﷺ ni shunday qilayotganlarini koʻrmaganimda, men buni qilmas edim».