حَدَّثَنَا أَحْمَدُ بْنُ جَوَّاسٍ الْحَنَفِيُّ أَبُو عَاصِمٍ، حَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ الأَشْجَعِيُّ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ مُحَارِبِ بْنِ دِثَارٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ كَانَ لِي عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم دَيْنٌ فَقَضَانِي وَزَادَنِي وَدَخَلْتُ عَلَيْهِ الْمَسْجِدَ فَقَالَ لِي " صَلِّ رَكْعَتَيْنِ " .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ ning zimmalarida menga (berishi lozim boʻlgan) qarz bor edi. U zot menga (qarzni) toʻladilar va (ustiga) ziyoda ham qildilar. Men u zotning huzurlariga masjidga kirdim. Shunda u zot menga: ‹Ikki rakat namoz oʻqi›, dedilar».