وَحَدَّثَنَا أَبُو بَكْرِ بْنُ أَبِي شَيْبَةَ، حَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ آدَمَ، عَنْ سُفْيَانَ، عَنْ مُوسَى بْنِ، عُقْبَةَ عَنْ نَافِعٍ، عَنِ ابْنِ عُمَرَ، قَالَ صَلَّى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلاَةَ الْخَوْفِ فِي بَعْضِ أَيَّامِهِ فَقَامَتْ طَائِفَةٌ مَعَهُ وَطَائِفَةٌ بِإِزَاءِ الْعَدُوِّ فَصَلَّى بِالَّذِينَ مَعَهُ رَكْعَةً ثُمَّ ذَهَبُوا وَجَاءَ الآخَرُونَ فَصَلَّى بِهِمْ رَكْعَةً ثُمَّ قَضَتِ الطَّائِفَتَانِ رَكْعَةً رَكْعَةً - قَالَ - وَقَالَ ابْنُ عُمَرَ فَإِذَا كَانَ خَوْفٌ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكَ فَصَلِّ رَاكِبًا أَوْ قَائِمًا تُومِئُ إِيمَاءً .
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ baʼzi kunlarida xavf namozini oʻqidilar. Bir guruh u zot bilan birga turdi, bir guruh dushmanga roʻbaroʻ (turdi). U zot oʻzlari bilan birga boʻlganlar bilan bir rakaat oʻqidilar, soʻng ular ketib, boshqalari keldi, u zot ular bilan bir rakaat oʻqidilar, soʻng ikki guruh bir rakaatdan, bir rakaatdan qazo qildilar». Ibn Umar dedi: «Agar bundan koʻra ortiqroq xavf boʻlsa, mingan holda yoki tik turgan holda imo bilan ishora qilib oʻqi».