وَحَدَّثَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، وَزُهَيْرُ بْنُ حَرْبٍ، قَالاَ حَدَّثَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الأَعْمَشِ، عَنْ أَبِي صَالِحٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " نَحْنُ الآخِرُونَ الأَوَّلُونَ يَوْمَ الْقِيَامَةِ وَنَحْنُ أَوَّلُ مَنْ يَدْخُلُ الْجَنَّةَ بَيْدَ أَنَّهُمْ أُوتُوا الْكِتَابَ مِنْ قَبْلِنَا وَأُوتِينَاهُ مِنْ بَعْدِهِمْ فَاخْتَلَفُوا فَهَدَانَا اللَّهُ لِمَا اخْتَلَفُوا فِيهِ مِنَ الْحَقِّ فَهَذَا يَوْمُهُمُ الَّذِي اخْتَلَفُوا فِيهِ هَدَانَا اللَّهُ لَهُ - قَالَ يَوْمُ الْجُمُعَةِ - فَالْيَوْمُ لَنَا وَغَدًا لِلْيَهُودِ وَبَعْدَ غَدٍ لِلنَّصَارَى " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Biz (dunyoga) keyin kelgan, qiyomat kunida (hammadan) oldinda boʻlguvchimiz va jannatga birinchi boʻlib kiruvchimiz. Faqat ularga Kitob bizdan oldin berilgan, bizga esa undan keyin berildi. Bas, ular (u haqda) ixtilof qildilar va ular ixtilof qilgan haq narsaga Alloh bizni hidoyat etdi. Mana shu ularning ixtilof qilgan kunidir, Alloh bizni unga hidoyat etdi», dedilar. — (Rovi) aytdi: «Yaʼni juma kunini». — «Bas, bu kun bizniki, ertasi yahudiylarniki va indini nasroniylarnikidir», (dedilar).