وَحَدَّثَنَا يَحْيَى بْنُ يَحْيَى، أَخْبَرَنَا أَبُو خَيْثَمَةَ، عَنْ سِمَاكٍ، قَالَ أَنْبَأَنِي جَابِرُ بْنُ، سَمُرَةَ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَخْطُبُ قَائِمًا ثُمَّ يَجْلِسُ ثُمَّ يَقُومُ فَيَخْطُبُ قَائِمًا فَمَنْ نَبَّأَكَ أَنَّهُ كَانَ يَخْطُبُ جَالِسًا فَقَدْ كَذَبَ فَقَدْ وَاللَّهِ صَلَّيْتُ مَعَهُ أَكْثَرَ مِنْ أَلْفَىْ صَلاَةٍ.
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ tik turgan holda xutba qilar, soʻng oʻtirar, soʻng turib yana tik holda xutba qilar edilar. Kimki senga (u zot) oʻtirgan holda xutba qildilar deb xabar bersa, u yolgʻon aytibdi. Vallohi, men u zot bilan birga ikki ming martadan koʻproq namoz oʻqiganman.