وَحَدَّثَنِي أَبُو سَعِيدٍ الأَشَجُّ، حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، حَدَّثَنَا الأَعْمَشُ، عَنِ الْمُسَيَّبِ بْنِ رَافِعٍ، عَنْ عَامِرِ بْنِ عَبَدَةَ، قَالَ قَالَ عَبْدُ اللَّهِ إِنَّ الشَّيْطَانَ لَيَتَمَثَّلُ فِي صُورَةِ الرَّجُلِ فَيَأْتِي الْقَوْمَ فَيُحَدِّثُهُمْ بِالْحَدِيثِ مِنَ الْكَذِبِ فَيَتَفَرَّقُونَ فَيَقُولُ الرَّجُلُ مِنْهُمْ سَمِعْتُ رَجُلاً أَعْرِفُ وَجْهَهُ وَلاَ أَدْرِي مَا اسْمُهُ يُحَدِّثُ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Albatta shayton kishi qiyofasida koʻrinadi-da, qavm oldiga kelib, ularga yolgʻon hadis soʻzlaydi. Soʻng ular tarqaladilar. Keyin ulardan biror kishi: ‹Men yuzini taniydigan, ammo ismini bilmaydigan bir kishidan eshitdim›, deb (oʻsha yolgʻonni) soʻzlaydi».