حَدَّثَنَا دَاوُدُ بْنُ عَمْرٍو الضَّبِّيُّ، حَدَّثَنَا نَافِعُ بْنُ عُمَرَ، عَنِ ابْنِ أَبِي مُلَيْكَةَ، قَالَ كَتَبْتُ إِلَى ابْنِ عَبَّاسٍ أَسْأَلُهُ أَنْ يَكْتُبَ، لِي كِتَابًا وَيُخْفِي عَنِّي . فَقَالَ وَلَدٌ نَاصِحٌ أَنَا أَخْتَارُ لَهُ الأُمُورَ اخْتِيَارًا وَأُخْفِي عَنْهُ . قَالَ فَدَعَا بِقَضَاءِ عَلِيٍّ فَجَعَلَ يَكْتُبُ مِنْهُ أَشْيَاءَ وَيَمُرُّ بِهِ الشَّىْءُ فَيَقُولُ وَاللَّهِ مَا قَضَى بِهَذَا عَلِيٌّ إِلاَّ أَنْ يَكُونَ ضَلَّ .
Ibn Abu Mulayka (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Men Ibn Abbosga maktub yozib, mendan (biror ilmni) yozib berishini, (ortiqchasini) esa mendan yashirishini soʻradim. (Ibn Abbos): ‹Nasihatgoʻy farzanddek (unga muomala qilaman): men unga (foydali) ishlarni saralab tanlab beraman, (foydasizini) esa undan yashiraman›, dedi». (Ibn Abu Mulayka) dedi: «Soʻng (Ibn Abbos) Alining qazo (hukm)lari (yozilgan kitobi)ni keltirishni buyurdi va undan baʼzi narsalarni yoza boshladi. Bir narsa (oʻrinsiz hukm) unga duch kelganda esa: ‹Allohga qasamki, Ali bunday hukm chiqarmagan — magar (uni yozgan kishi) adashgan boʻlsa kerak›, derdi».