وَحَدَّثَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ سَمِعْتُ النَّضْرَ، يَقُولُ سُئِلَ ابْنُ عَوْنٍ عَنْ حَدِيثٍ، لِشَهْرٍ وَهُوَ قَائِمٌ عَلَى أُسْكُفَّةِ الْبَابِ فَقَالَ إِنَّ شَهْرًا نَزَكُوهُ إِنَّ شَهْرًا نَزَكُوهُ . قَالَ مُسْلِمٌ رَحِمَهُ اللَّهُ يَقُولُ أَخَذَتْهُ أَلْسِنَةُ النَّاسِ تَكَلَّمُوا فِيهِ .
an-Nazr (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Ibn Avndan Shahr (ibn Havshab)ning hadisi haqida soʻralganda, u eshik boʻsagʻasida turgan edi. Shunda (Ibn Avn): ‹Shahrni (odamlar) tanqid qilishgan, Shahrni (odamlar) tanqid qilishgan›, dedi». Muslim (rahimahulloh) dedi: «(Ibn Avn) ‹odamlarning tillari uni (tanqidga) oldi, u haqda (yomon) gapirishdi› demoqchi».