حَدَّثَنَا أَبُو كَامِلٍ الْجَحْدَرِيُّ، حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، - وَهُوَ ابْنُ زَيْدٍ - قَالَ حَدَّثَنَا عَاصِمٌ، قَالَ كُنَّا نَأْتِي أَبَا عَبْدِ الرَّحْمَنِ السُّلَمِيَّ وَنَحْنُ غِلْمَةٌ أَيْفَاعٌ فَكَانَ يَقُولُ لَنَا لاَ تُجَالِسُوا الْقُصَّاصَ غَيْرَ أَبِي الأَحْوَصِ وَإِيَّاكُمْ وَشَقِيقًا . قَالَ وَكَانَ شَقِيقٌ هَذَا يَرَى رَأْىَ الْخَوَارِجِ وَلَيْسَ بِأَبِي وَائِلٍ .
Osim (ibn Bahdala) (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Biz yoshgina yigitlar boʻlganimizda, Abu Abdurahmon as-Sulamiy huzuriga borardik. U bizga: ‹Abul-Ahvasdan boshqa qissaxonlar bilan oʻtirmanglar va Shaqiqdan ehtiyot boʻlinglar›, derdi». (Muslim) dedi: «Bu Shaqiq xavorijlarning fikrida edi va u (mashhur tobeʼin) Abu Voil (Shaqiq ibn Salama) emas».