وَحَدَّثَنِي سَلَمَةُ بْنُ شَبِيبٍ، حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ كَانَ النَّاسُ يَحْمِلُونَ عَنْ جَابِرٍ، قَبْلَ أَنْ يُظْهِرَ، مَا أَظْهَرَ فَلَمَّا أَظْهَرَ مَا أَظْهَرَ اتَّهَمَهُ النَّاسُ فِي حَدِيثِهِ وَتَرَكَهُ بَعْضُ النَّاسِ فَقِيلَ لَهُ وَمَا أَظْهَرَ قَالَ الإِيمَانَ بِالرَّجْعَةِ .
Sufyon (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Odamlar Jobirdan — undan (botil narsa) zohir boʻlishidan oldin — (hadis) olar edilar; undan zohir boʻlgan narsa zohir boʻlgach esa, odamlar uni hadisida ayblab, baʼzilar uni tark etdilar». Shunda (Sufyon)dan: «Nima zohir boʻldi?» deb soʻraldi. (Sufyon): «Rajʼatga ishonish», dedi.