وَحَدَّثَنِي سَلَمَةُ بْنُ شَبِيبٍ، حَدَّثَنَا الْحُمَيْدِيُّ، حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، قَالَ سَمِعْتُ أَبَا مُوسَى، يَقُولُ حَدَّثَنَا عَمْرُو بْنُ عُبَيْدٍ، قَبْلَ أَنْ يُحْدِثَ، .
Abu Muso Isroil ibn Muso al-Basriy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Amr ibn Ubayd bizga (keyinchalik) sodir boʻlgan narsa — yaʼni muʼtaziliylikka oʻtishi — sodir boʻlishidan oldin hadis aytgan edi».