أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ آدَمَ، عَنِ ابْنِ أَبِي زَائِدَةَ، قَالَ حَدَّثَنِي أَبِي وَغَيْرُهُ، عَنْ أَبِي إِسْحَاقَ، عَنْ أَبِي حَيَّةَ الْوَادِعِيِّ، قَالَ رَأَيْتُ عَلِيًّا تَوَضَّأَ فَغَسَلَ كَفَّيْهِ ثَلاَثًا وَتَمَضْمَضَ وَاسْتَنْشَقَ ثَلاَثًا وَغَسَلَ وَجْهَهُ ثَلاَثًا وَذِرَاعَيْهِ ثَلاَثًا ثَلاَثًا وَمَسَحَ بِرَأْسِهِ وَغَسَلَ رِجْلَيْهِ ثَلاَثًا ثَلاَثًا قَالَ هَذَا وُضُوءُ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم .
Abu Hayya al-Vodiiy (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Ali (roziyallohu anhu)ning taharat qilganlarini koʻrdim. U kishi kaftlarini uch marta yuvdilar, ogʻizlarini uch marta chaydilar va burunlariga uch marta suv oldilar, yuzlarini uch marta yuvdilar, ikki bilaklarini uch martadan yuvdilar, boshlariga mash tortdilar va ikki oyoqlarini uch martadan yuvdilar. Soʻng: «Bu Rasululloh ﷺning taharatlaridir», dedilar.