أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ سَلَمَةَ، وَالْحَارِثُ بْنُ مِسْكِينٍ، قِرَاءَةً عَلَيْهِ وَأَنَا أَسْمَعُ، - وَاللَّفْظُ لَهُ - عَنِ ابْنِ الْقَاسِمِ، قَالَ حَدَّثَنِي مَالِكٌ، عَنْ يَحْيَى بْنِ سَعِيدٍ، عَنْ بُشَيْرِ بْنِ يَسَارٍ، مَوْلَى بَنِي حَارِثَةَ أَنَّ سُوَيْدَ بْنَ النُّعْمَانِ، أَخْبَرَهُ أَنَّهُ، خَرَجَ مَعَ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم عَامَ خَيْبَرَ حَتَّى إِذَا كَانُوا بِالصَّهْبَاءِ وَهِيَ مِنْ أَدْنَى خَيْبَرَ صَلَّى الْعَصْرَ ثُمَّ دَعَا بِالأَزْوَادِ فَلَمْ يُؤْتَ إِلاَّ بِالسَّوِيقِ فَأَمَرَ بِهِ فَثُرِّيَ فَأَكَلَ وَأَكَلْنَا ثُمَّ قَامَ إِلَى الْمَغْرِبِ فَتَمَضْمَضَ وَتَمَضْمَضْنَا ثُمَّ صَلَّى وَلَمْ يَتَوَضَّأْ .
Suvayd ibn Nuʼmon (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U kishi Xaybar yili Rasululloh ﷺ bilan birga chiqdilar. Xaybarga yaqin joy boʻlmish Sahboga yetganlarida, u zot asr namozini oʻqidilar, soʻng ozuqalarni soʻradilar, ammo saviqdan boshqa narsa keltirilmadi. U zot buni suvga ivitishni buyurdilar, keyin oʻzlari yedilar, biz ham yedik. Soʻng u zot shom namoziga turdilar, ogʻizlarini chaydilar, biz ham ogʻizlarimizni chaydik, keyin u zot taharat qilmasdan namoz oʻqidilar.