أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو عَوَانَةَ، عَنْ دَاوُدَ الأَوْدِيِّ، عَنْ حُمَيْدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ لَقِيتُ رَجُلاً صَحِبَ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَمَا صَحِبَهُ أَبُو هُرَيْرَةَ - رضى الله عنه - أَرْبَعَ سِنِينَ قَالَ نَهَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم أَنْ يَمْتَشِطَ أَحَدُنَا كُلَّ يَوْمٍ أَوْ يَبُولَ فِي مُغْتَسَلِهِ أَوْ يَغْتَسِلَ الرَّجُلُ بِفَضْلِ الْمَرْأَةِ وَالْمَرْأَةُ بِفَضْلِ الرَّجُلِ وَلْيَغْتَرِفَا جَمِيعًا .
Nabiy ﷺ bilan Abu Hurayra (roziyallohu anhu) hamsuhbat boʻlganidek toʻrt yil hamsuhbat boʻlgan bir kishidan rivoyat qilinadi: U dedi: Rasululloh ﷺ birimizning har kuni soch tarashini, yoki gʻusl qiladigan joyiga siyishini, yoki erkakning ayoldan ortgan suv bilan, ayolning erkakdan ortgan suv bilan gʻusl qilishini qaytardilar va: «Ikkalasi birga hovuchlab olsin», dedilar.