أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ هِشَامِ بْنِ عُرْوَةَ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا اغْتَسَلَ مِنَ الْجَنَابَةِ بَدَأَ فَغَسَلَ يَدَيْهِ ثُمَّ تَوَضَّأَ كَمَا يَتَوَضَّأُ لِلصَّلاَةِ ثُمَّ يُدْخِلُ أَصَابِعَهُ الْمَاءَ فَيُخَلِّلُ بِهَا أُصُولَ شَعْرِهِ ثُمَّ يَصُبُّ عَلَى رَأْسِهِ ثَلاَثَ غُرَفٍ ثُمَّ يُفِيضُ الْمَاءَ عَلَى جَسَدِهِ كُلِّهِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ janobatdan gʻusl qilganlarida avval qoʻllarini yuvishdan boshlar, soʻng namoz uchun tahorat qilgandek tahorat qilardilar, soʻng barmoqlarini suvga solib, soch tublarini xilollardilar, soʻng boshlariga uch hovuch suv quyardilar, soʻng butun badanlariga suv quyardilar.