أَخْبَرَنَا عَبْدُ اللَّهِ بْنُ مُحَمَّدِ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ مَنْصُورٍ، - وَهُوَ ابْنُ صَفِيَّةَ - عَنْ أُمِّهِ، عَنْ عَائِشَةَ، رضى الله عنها أَنَّ امْرَأَةً، سَأَلَتِ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم عَنْ غُسْلِهَا مِنَ الْمَحِيضِ فَأَخْبَرَهَا كَيْفَ تَغْتَسِلُ ثُمَّ قَالَ " خُذِي فِرْصَةً مِنْ مِسْكٍ فَتَطَهَّرِي بِهَا " . قَالَتْ وَكَيْفَ أَتَطَهَّرُ بِهَا فَاسْتَتَرَ كَذَا ثُمَّ قَالَ " سُبْحَانَ اللَّهِ تَطَهَّرِي بِهَا " . قَالَتْ عَائِشَةُ رضى الله عنها فَجَذَبْتُ الْمَرْأَةَ وَقُلْتُ تَتَّبِعِينَ بِهَا أَثَرَ الدَّمِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Bir ayol Paygʻambar ﷺdan hayzdan gʻusl qilish haqida soʻradi. U zot unga qanday gʻusl qilishni bayon qildilar, soʻng: «Miskdan bir parcha latta olib, u bilan poklan», dedilar. Ayol: «U bilan qanday poklanaman?» deb soʻradi. U zot uyalib yuzlarini yashirdilar, soʻng: «Subhanalloh, u bilan poklan», dedilar. Oisha (roziyallohu anho) aytadi: «Men ayolni oʻzimga tortib: ‹U bilan qon izlarini artasan›, dedim.»