أَخْبَرَنَا إِسْحَاقُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ أَنْبَأَنَا جَرِيرٌ، عَنِ الشَّيْبَانِيِّ، عَنْ أَبِي بُرْدَةَ، عَنْ حُذَيْفَةَ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم إِذَا لَقِيَ الرَّجُلَ مِنْ أَصْحَابِهِ مَاسَحَهُ وَدَعَا لَهُ - قَالَ - فَرَأَيْتُهُ يَوْمًا بُكْرَةً فَحِدْتُ عَنْهُ ثُمَّ أَتَيْتُهُ حِينَ ارْتَفَعَ النَّهَارُ فَقَالَ " إِنِّي رَأَيْتُكَ فَحِدْتَ عَنِّي " . فَقُلْتُ إِنِّي كُنْتُ جُنُبًا فَخَشِيتُ أَنْ تَمَسَّنِي . فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " إِنَّ الْمُسْلِمَ لاَ يَنْجُسُ " .
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ sahobalaridan bir kishini uchratsalar, uning qoʻlini siypab, unga duo qilardilar. Bir kuni ertalab u zotni koʻrdim-u, undan chetlanib qochdim. Soʻng kun koʻtarilganda u zotning oldilariga keldim. U zot: «Men seni koʻrgan edim, sen mendan chetlanib qochding», dedilar. Men: «Men janub edim, meni ushlab qoʻyishingizdan qoʻrqdim», dedim. Shunda Rasululloh ﷺ: «Albatta, musulmon nopok boʻlmaydi», dedilar.