أَخْبَرَنَا مَحْمُودُ بْنُ غَيْلاَنَ، قَالَ حَدَّثَنَا وَكِيعٌ، قَالَ حَدَّثَنَا مِسْعَرٌ، وَسُفْيَانُ، عَنِ الْمِقْدَامِ بْنِ شُرَيْحٍ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ عَائِشَةَ، - رضى الله عنها - قَالَتْ كُنْتُ أَشْرَبُ وَأَنَا حَائِضٌ وَأُنَاوِلُهُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَيَضَعُ فَاهُ عَلَى مَوْضِعِ فِيَّ فَيَشْرَبُ وَأَتَعَرَّقُ الْعَرْقَ وَأَنَا حَائِضٌ وَأُنَاوِلُهُ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَيَضَعُ فَاهُ عَلَى مَوْضِعِ فِيَّ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: «Men hayzli holimda ichar, soʻng uni Nabiy ﷺga tutqazardim. U zot mening ogʻzim qoʻyilgan joyga ogʻizlarini qoʻyib ichardilar. Yana hayzli holimda ustida bir oz goʻsht qolgan suyakni tishlar, soʻng uni Nabiy ﷺga tutqazardim, u zot esa mening ogʻzim qoʻyilgan joyga ogʻizlarini qoʻyardilar.»