أَخْبَرَنَا بِشْرُ بْنُ خَالِدٍ الْعَسْكَرِيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا غُنْدَرٌ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنْ سُلَيْمَانَ، عَنْ عُمَارَةَ بْنِ عُمَيْرٍ، عَنْ أَبِي مَعْمَرٍ، عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ، قَالَ كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَمْسَحُ عَوَاتِقَنَا وَيَقُولُ " اسْتَوُوا وَلاَ تَخْتَلِفُوا فَتَخْتَلِفَ قُلُوبُكُمْ وَلْيَلِيَنِّي مِنْكُمْ أُولُو الأَحْلاَمِ وَالنُّهَى ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ ثُمَّ الَّذِينَ يَلُونَهُمْ " .
Abu Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ yelkalarimizni siypab: ‹Toʻgʻri turing, turli-tuman boʻlmanglar, aks holda qalblaringiz ham turli-tuman boʻlib qoladi. Menga eng yaqin turadigan sizlardan aql-idrok va farosat egalari boʻlsin, soʻng ularga yaqinlari, soʻng ularga yaqinlari›, der edilar».