أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ أَنَسِ بْنِ مَالِكٍ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَكِبَ فَرَسًا فَصُرِعَ عَنْهُ فَجُحِشَ شِقُّهُ الأَيْمَنُ فَصَلَّى صَلاَةً مِنَ الصَّلَوَاتِ وَهُوَ قَاعِدٌ فَصَلَّيْنَا وَرَاءَهُ قُعُودًا فَلَمَّا انْصَرَفَ قَالَ " إِنَّمَا جُعِلَ الإِمَامُ لِيُؤْتَمَّ بِهِ فَإِذَا صَلَّى قَائِمًا فَصَلُّوا قِيَامًا وَإِذَا رَكَعَ فَارْكَعُوا وَإِذَا قَالَ سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ فَقُولُوا رَبَّنَا لَكَ الْحَمْدُ وَإِذَا صَلَّى جَالِسًا فَصَلُّوا جُلُوسًا أَجْمَعُونَ " .
Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ otga mindilar-da, undan yiqilib, oʻng biqinlari shikastlandi. Bas, u zot namozlardan birini oʻtirgan holda oʻqidilar, biz ham ortlarida oʻtirib namoz oʻqidik. Namozdan chiqqach, u zot: «Imom faqat unga ergashilishi uchun tayinlanadi. Bas, u tik turib namoz oʻqisa, siz ham tik turib oʻqing; u rukuga borsa, siz ham rukuga boring; u ‹samiʼallohu liman hamidah› desa, siz ‹robbana lakal-hamd› deng; u oʻtirib namoz oʻqisa, hammangiz oʻtirib oʻqing», dedilar.