أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَبِي الزِّنَادِ، عَنِ الأَعْرَجِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ " وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَقَدْ هَمَمْتُ أَنْ آمُرَ بِحَطَبٍ فَيُحْطَبَ ثُمَّ آمُرَ بِالصَّلاَةِ فَيُؤَذَّنَ لَهَا ثُمَّ آمُرَ رَجُلاً فَيَؤُمَّ النَّاسَ ثُمَّ أُخَالِفَ إِلَى رِجَالٍ فَأُحَرِّقَ عَلَيْهِمْ بُيُوتَهُمْ وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ لَوْ يَعْلَمُ أَحَدُهُمْ أَنَّهُ يَجِدُ عَظْمًا سَمِينًا أَوْ مَرْمَاتَيْنِ حَسْنَتَيْنِ لَشَهِدَ الْعِشَاءَ " .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, oʻtin yigʻishga buyurib oʻtin yigʻdirsam, soʻng namozga buyurib azon aytdirsam, soʻng bir kishiga buyurib odamlarga imomlik qildirsam, soʻng oʻzim namozga kelmayotgan kishilarning oldiga borib, ularning uylarini boshlariga oʻt qoʻyib yoqib yuborsammikan, deb niyat qildim. Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, agar ulardan biri semiz suyak yoki ikkita yaxshi qoʻy oyogʻi topilishini bilsa, xufton namoziga albatta hozir boʻlardi», dedilar.