أَخْبَرَنَا يَحْيَى بْنُ حَبِيبِ بْنِ عَرَبِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، قَالَ حَدَّثَنَا عَاصِمٌ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ سَرْجِسَ، قَالَ جَاءَ رَجُلٌ وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي صَلاَةِ الصُّبْحِ فَرَكَعَ الرَّكْعَتَيْنِ ثُمَّ دَخَلَ فَلَمَّا قَضَى رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلاَتَهُ قَالَ " يَا فُلاَنُ أَيُّهُمَا صَلاَتُكَ الَّتِي صَلَّيْتَ مَعَنَا أَوِ الَّتِي صَلَّيْتَ لِنَفْسِكَ " .
Abdulloh ibn Sarjis (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ subh namozini oʻqiyotgan paytlarida bir kishi keldi va ikki rakat oʻqib, soʻng jamoatga qoʻshildi. Rasululloh ﷺ namozlarini tugatgach: «Ey falonchi, qaysi biri sening namozing edi, biz bilan oʻqiganingmi yoki oʻzing uchun oʻqiganingmi?», dedilar.