أَخْبَرَنَا نُوحُ بْنُ حَبِيبٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا ابْنُ إِدْرِيسَ، عَنْ عَاصِمِ بْنِ كُلَيْبٍ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ الأَسْوَدِ، عَنْ عَلْقَمَةَ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ، قَالَ عَلَّمَنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم الصَّلاَةَ فَقَامَ فَكَبَّرَ فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَرْكَعَ طَبَّقَ يَدَيْهِ بَيْنَ رُكْبَتَيْهِ وَرَكَعَ فَبَلَغَ ذَلِكَ سَعْدًا فَقَالَ صَدَقَ أَخِي قَدْ كُنَّا نَفْعَلُ هَذَا ثُمَّ أُمِرْنَا بِهَذَا يَعْنِي الإِمْسَاكَ بِالرُّكَبِ .
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Rasululloh ﷺ bizga namozni oʻrgatdilar. U zot turib takbir aytdilar, rukuʼga borishni istaganlarida ikki qoʻllarini bir-biriga chalishtirib, tizzalarining orasiga qoʻyib rukuʼ qildilar». Bu xabar Saʼdga yetganida u: «Ukam toʻgʻri aytibdi, biz ilgari mana shunday qilar edik, keyin bunga, yaʼni tizzalarni ushlashga buyurildik», dedi.