أَخْبَرَنَا عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ سَعِيدٍ، حَدَّثَنَا حَمَّادُ بْنُ مَسْعَدَةَ، عَنْ أَشْعَثَ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ عَبِيدَةَ، عَنْ عَلِيٍّ، قَالَ نَهَانِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم عَنِ الْقَسِّيِّ وَالْحَرِيرِ وَخَاتَمِ الذَّهَبِ وَأَنْ أَقْرَأَ وَأَنَا رَاكِعٌ وَقَالَ مَرَّةً أُخْرَى وَأَنْ أَقْرَأَ رَاكِعًا .
Ali (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Nabiy ﷺ meni qassiy (ipak aralash mato) va shoyi kiyishdan, oltin uzuk taqishdan hamda rukuʼda ekanimda Qurʼon oʻqishdan qaytardilar». U boshqa marta: «Rukuʼda Qurʼon oʻqishimdan», deb aytdi.