أَخْبَرَنِي أَحْمَدُ بْنُ نَاصِحٍ، قَالَ حَدَّثَنَا ابْنُ إِدْرِيسَ، قَالَ سَمِعْتُ عَاصِمَ بْنَ كُلَيْبٍ، يَذْكُرُ عَنْ أَبِيهِ، عَنْ وَائِلِ بْنِ حُجْرٍ، قَالَ قَدِمْتُ الْمَدِينَةَ فَقُلْتُ لأَنْظُرَنَّ إِلَى صَلاَةِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَكَبَّرَ وَرَفَعَ يَدَيْهِ حَتَّى رَأَيْتُ إِبْهَامَيْهِ قَرِيبًا مِنْ أُذُنَيْهِ فَلَمَّا أَرَادَ أَنْ يَرْكَعَ كَبَّرَ وَرَفَعَ يَدَيْهِ ثُمَّ رَفَعَ رَأْسَهُ فَقَالَ " سَمِعَ اللَّهُ لِمَنْ حَمِدَهُ " . ثُمَّ كَبَّرَ وَسَجَدَ فَكَانَتْ يَدَاهُ مِنْ أُذُنَيْهِ عَلَى الْمَوْضِعِ الَّذِي اسْتَقْبَلَ بِهِمَا الصَّلاَةَ .
Voil ibn Hujr (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Madinaga keldim va: «Rasululloh ﷺning namozlarini albatta kuzataman», dedim. U zot takbir aytib, ikki qoʻllarini bosh barmoqlarini quloqlariga yaqin koʻrguncha koʻtardilar. Rukuʼ qilmoqchi boʻlganlarida takbir aytib, ikki qoʻllarini koʻtardilar. Soʻng boshlarini koʻtarib: «Samiʼallohu liman hamidah», dedilar. Soʻng takbir aytib sajda qildilar, ikki qoʻllari quloqlariga nisbatan namozni boshlagandagi holatida edi.