أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ بُكَيْرٍ، عَنْ نَابِلٍ، صَاحِبِ الْعَبَاءِ عَنِ ابْنِ عُمَرَ، عَنْ صُهَيْبٍ، صَاحِبِ رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ مَرَرْتُ عَلَى رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم وَهُوَ يُصَلِّي فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَرَدَّ عَلَىَّ إِشَارَةً وَلاَ أَعْلَمُ إِلاَّ أَنَّهُ قَالَ بِإِصْبَعِهِ .
Rasululloh ﷺning sahobalari Suhayb (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning yonlaridan oʻtdim, u zot namoz oʻqiyotgan edilar. Men u zotga salom berdim, u zot menga ishora bilan alik oldilar. Bilishimcha, u zot barmoqlari bilan (ishora qilgan) edilar.