أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ هَاشِمٍ الْبَعْلَبَكِّيُّ، قَالَ حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ شُعَيْبِ بْنِ شَابُورٍ، عَنْ عَمْرِو بْنِ الْحَارِثِ، قَالَ أَخْبَرَنِي أَبُو الزُّبَيْرِ، عَنْ جَابِرٍ، قَالَ بَعَثَنِي النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم فَأَتَيْتُهُ وَهُوَ يَسِيرُ مُشَرِّقًا أَوْ مُغَرِّبًا فَسَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَأَشَارَ بِيَدِهِ ثُمَّ سَلَّمْتُ عَلَيْهِ فَأَشَارَ بِيَدِهِ فَانْصَرَفْتُ فَنَادَانِي " يَا جَابِرُ " . فَنَادَانِي النَّاسُ يَا جَابِرُ . فَأَتَيْتُهُ فَقُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ إِنِّي سَلَّمْتُ عَلَيْكَ فَلَمْ تَرُدَّ عَلَىَّ . فَقَالَ " إِنِّي كُنْتُ أُصَلِّي " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ meni (bir yumush bilan) yubordilar. Men u zotning oldilariga keldim, u zot sharq yoki gʻarb tomonga qarab (ulov ustida) borayotgan edilar. Men u zotga salom berdim, u zot qoʻllari bilan ishora qildilar. Soʻng yana salom berdim, u zot yana qoʻllari bilan ishora qildilar. Men qaytib ketdim, shunda u zot: «Ey Jobir!» deb meni chaqirdilar. Odamlar ham: «Ey Jobir!» deb meni chaqirishdi. Men u zotning oldilariga kelib: «Ey Rasululloh, men sizga salom berdim, siz esa menga alik olmadingiz», dedim. U zot: «Men namoz oʻqiyotgan edim», dedilar.