أَخْبَرَنَا عِيسَى بْنُ حَمَّادٍ، قَالَ حَدَّثَنَا اللَّيْثُ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ أَبِي حَبِيبٍ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ أَبِي أَنَسٍ، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى يَوْمًا فَسَلَّمَ فِي رَكْعَتَيْنِ ثُمَّ انْصَرَفَ فَأَدْرَكَهُ ذُو الشِّمَالَيْنِ فَقَالَ يَا رَسُولَ اللَّهِ أَنُقِصَتِ الصَّلاَةُ أَمْ نَسِيتَ فَقَالَ " لَمْ تُنْقَصِ الصَّلاَةُ وَلَمْ أَنْسَ " . قَالَ بَلَى وَالَّذِي بَعَثَكَ بِالْحَقِّ . قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " أَصَدَقَ ذُو الْيَدَيْنِ " . قَالُوا نَعَمْ . فَصَلَّى بِالنَّاسِ رَكْعَتَيْنِ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ bir kuni namoz oʻqib, ikki rakaatda salom berdilar, soʻng namozdan chiqdilar. Shunda Zush-Shimolayn u zotga yetib olib: «Ey Allohning Rasuli, namoz kamaytirildimi yoki unutdingizmi?» dedi. U zot: «Namoz kamaytirilgani ham yoʻq, men unutganim ham yoʻq», dedilar. U: «Yoʻq, sizni haq bilan yuborgan Zot haqqi (unutdingiz)», dedi. Rasululloh ﷺ: «Zul-Yadayn rost aytdimi?» dedilar. Ular: «Ha», dedilar. Shunda u zot odamlarga ikki rakaat oʻqidilar.