أَخْبَرَنَا أَبُو الأَشْعَثِ، عَنْ يَزِيدَ بْنِ زُرَيْعٍ، قَالَ حَدَّثَنَا خَالِدٌ الْحَذَّاءُ، عَنْ أَبِي قِلاَبَةَ، عَنْ أَبِي الْمُهَلَّبِ، عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ، قَالَ سَلَّمَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فِي ثَلاَثِ رَكَعَاتٍ مِنَ الْعَصْرِ فَدَخَلَ مَنْزِلَهُ فَقَامَ إِلَيْهِ رَجُلٌ يُقَالُ لَهُ الْخِرْبَاقُ فَقَالَ يَعْنِي نَقَصَتِ الصَّلاَةُ يَا رَسُولَ اللَّهِ فَخَرَجَ مُغْضَبًا يَجُرُّ رِدَاءَهُ فَقَالَ " أَصَدَقَ " . قَالُوا نَعَمْ . فَقَامَ فَصَلَّى تِلْكَ الرَّكْعَةَ ثُمَّ سَلَّمَ ثُمَّ سَجَدَ سَجْدَتَيْهَا ثُمَّ سَلَّمَ .
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ asr namozini uch rakaatda salom berib tugatdilar-da, uylariga kirib ketdilar. Shunda Xirboq deb ataladigan bir kishi oʻrnidan turib: «Ey Rasululloh, namoz kamaydimi?» dedi. U zot ridolarini sudragancha gʻazablanib chiqdilar-da: «Bu rost gapiryaptimi?» dedilar. Ular: «Ha», deyishdi. Shunda u zot turib, oʻsha bir rakaatni oʻqidilar, soʻng salom berdilar, keyin uning ikki sajdasini qildilar, soʻng salom berdilar.