أَخْبَرَنَا سُوَيْدُ بْنُ نَصْرٍ، قَالَ أَنْبَأَنَا عَبْدُ اللَّهِ، عَنْ مَالِكِ بْنِ مِغْوَلٍ، قَالَ سَمِعْتُ الشَّعْبِيَّ، يَقُولُ سَهَا عَلْقَمَةُ بْنُ قَيْسٍ فِي صَلاَتِهِ فَذَكَرُوا لَهُ بَعْدَ مَا تَكَلَّمَ فَقَالَ أَكَذَلِكَ يَا أَعْوَرُ قَالَ نَعَمْ . فَحَلَّ حُبْوَتَهُ ثُمَّ سَجَدَ سَجْدَتَىِ السَّهْوِ وَقَالَ هَكَذَا فَعَلَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم . قَالَ وَسَمِعْتُ الْحَكَمَ يَقُولُ كَانَ عَلْقَمَةُ صَلَّى خَمْسًا . 33
Molik ibn Migʻval (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Shaʼbiyning shunday deganini eshitdim: Alqama ibn Qays namozida adashdi va gapirib boʻlgandan soʻng unga bu aytildi. U: «Ey koʻzi ojiz, shundaymi?» dedi. U: «Ha», dedi. Shunda u chalkab oʻtirgan holatini yozib, sahv sajdalarini qildi va: «Rasululloh ﷺ ana shunday qilgan edilar», dedi. U (Shaʼbiy) dedi: Men Hakamning: «Alqama besh rakaat oʻqigan edi», deganini ham eshitdim.