أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ بْنُ سَعِيدٍ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ مُسْلِمِ بْنِ أَبِي مَرْيَمَ، عَنْ عَلِيِّ بْنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ رَآنِي ابْنُ عُمَرَ وَأَنَا أَعْبَثُ، بِالْحَصَى فِي الصَّلاَةِ فَلَمَّا انْصَرَفَ نَهَانِي وَقَالَ اصْنَعْ كَمَا كَانَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَصْنَعُ . قُلْتُ وَكَيْفَ كَانَ يَصْنَعُ قَالَ كَانَ إِذَا جَلَسَ فِي الصَّلاَةِ وَضَعَ كَفَّهُ الْيُمْنَى عَلَى فَخِذِهِ وَقَبَضَ - يَعْنِي أَصَابِعَهُ كُلَّهَا - وَأَشَارَ بِأُصْبُعِهِ الَّتِي تَلِي الإِبْهَامَ وَوَضَعَ كَفَّهُ الْيُسْرَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُسْرَى .
Ali ibn Abdurrahmon (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Ibn Umar (roziyallohu anhumo) meni namozda mayda toshlar bilan oʻynayotganimni koʻrdilar. Namozdan boʻshaganlaridan soʻng meni bundan qaytarib: «Rasululloh ﷺ qanday qilar edilar, sen ham shunday qil», dedilar. Men: «U zot qanday qilar edilar?» dedim. U kishi: «U zot namozda oʻtirganlarida oʻng kaftlarini sonlarining ustiga qoʻyar edilar va barcha barmoqlarini yigʻib, bosh barmoqqa yaqin barmoq bilan ishora qilar edilar, chap kaftlarini esa chap sonlarining ustiga qoʻyar edilar», dedilar.