أَخْبَرَنَا يَعْقُوبُ بْنُ إِبْرَاهِيمَ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنِ ابْنِ عَجْلاَنَ، عَنْ عَامِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الزُّبَيْرِ، عَنْ أَبِيهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ إِذَا قَعَدَ فِي التَّشَهُّدِ وَضَعَ كَفَّهُ الْيُسْرَى عَلَى فَخِذِهِ الْيُسْرَى وَأَشَارَ بِالسَّبَّابَةِ لاَ يُجَاوِزُ بَصَرُهُ إِشَارَتَهُ .
Abdulloh ibn az-Zubayr (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ tashahhudda oʻtirganlarida chap kaftlarini chap sonlarining ustiga qoʻyib, koʻrsatkich barmoqlari bilan ishora qilar edilar va nigohlari ishora qilayotgan barmoqlaridan oʻtib ketmas edi.