أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عُثْمَانَ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبِي، عَنْ شُعَيْبٍ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُرْوَةُ بْنُ الزُّبَيْرِ، أَنَّ عَائِشَةَ، أَخْبَرَتْهُ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم كَانَ يَدْعُو فِي الصَّلاَةِ " اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنْ عَذَابِ الْقَبْرِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَسِيحِ الدَّجَّالِ وَأَعُوذُ بِكَ مِنْ فِتْنَةِ الْمَحْيَا وَالْمَمَاتِ اللَّهُمَّ إِنِّي أَعُوذُ بِكَ مِنَ الْمَأْثَمِ وَالْمَغْرَمِ " . فَقَالَ لَهُ قَائِلٌ مَا أَكْثَرَ مَا تَسْتَعِيذُ مِنَ الْمَغْرَمِ فَقَالَ " إِنَّ الرَّجُلَ إِذَا غَرِمَ حَدَّثَ فَكَذَبَ وَوَعَدَ فَأَخْلَفَ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ namozda: «Allohumma inni aʼuzu bika min azobil-qabri, va aʼuzu bika min fitnatil-masihid-dajjoli, va aʼuzu bika min fitnatil-mahyo val-mamoti, Allohumma inni aʼuzu bika minal-maʼsami val-magʻrami (Ey Alloh, men Sendan qabr azobidan panoh tilayman, va Sendan Masih Dajjol fitnasidan panoh tilayman, va Sendan hayot hamda oʻlim fitnasidan panoh tilayman. Ey Alloh, men Sendan gunoh va qarzdan panoh tilayman)», deb duo qilardilar. Bir kishi u zotga: «Nega qarzdan koʻp panoh tilaysiz?» dedi. U zot: «Kishi qarzdor boʻlsa, gapirganida yolgʻon soʻzlaydi, vaʼda berganida vaʼdasiga xilof qiladi», dedilar.