أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ مَنْصُورٍ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، حَدَّثَنَا الزُّهْرِيُّ، عَنْ سَعِيدٍ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، يَبْلُغُ بِهِ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم " إِذَا كَانَ يَوْمُ الْجُمُعَةِ كَانَ عَلَى كُلِّ بَابٍ مِنْ أَبْوَابِ الْمَسْجِدِ مَلاَئِكَةٌ يَكْتُبُونَ النَّاسَ عَلَى مَنَازِلِهِمُ الأَوَّلَ فَالأَوَّلَ فَإِذَا خَرَجَ الإِمَامُ طُوِيَتِ الصُّحُفُ وَاسْتَمَعُوا الْخُطْبَةَ فَالْمُهَجِّرُ إِلَى الصَّلاَةِ كَالْمُهْدِي بَدَنَةً ثُمَّ الَّذِي يَلِيهِ كَالْمُهْدِي بَقَرَةً ثُمَّ الَّذِي يَلِيهِ كَالْمُهْدِي كَبْشًا " . حَتَّى ذَكَرَ الدَّجَاجَةَ وَالْبَيْضَةَ .
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Juma kuni boʻlganda masjidning har bir eshigi oldida farishtalar boʻlib, odamlarni kelgan tartiblari boʻyicha birinchisidan boshlab yozib boradilar. Imom chiqqanda sahifalar yigʻishtirilib, ular xutbaga quloq soladilar. Namozga eng erta kelgan kishi tuya qurbon qilgandek, undan keyingisi sigir qurbon qilgandek, undan keyingisi qoʻchqor qurbon qilgandekdir», deb tovuq va tuxumni zikr qilgunlaricha aytdilar.