أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنْ سِمَاكٍ، عَنْ جَابِرِ بْنِ سَمُرَةَ، قَالَ كَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم يَخْطُبُ قَائِمًا ثُمَّ يَجْلِسُ ثُمَّ يَقُومُ وَيَقْرَأُ آيَاتٍ وَيَذْكُرُ اللَّهَ عَزَّ وَجَلَّ وَكَانَتْ خُطْبَتُهُ قَصْدًا وَصَلاَتُهُ قَصْدًا .
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ tik turgan holda xutba qilar, soʻng oʻtirar, keyin turib oyatlar oʻqir va Aziz va Jalil boʻlgan Allohni zikr qilar edilar. U zotning xutbalari oʻrtacha, namozlari ham oʻrtacha edi.