أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَزِيدُ، - وَهُوَ ابْنُ زُرَيْعٍ - قَالَ حَدَّثَنَا يُونُسُ، عَنِ الْحَسَنِ، عَنْ أَبِي بَكْرَةَ، قَالَ كُنَّا عِنْدَ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم فَانْكَسَفَتِ الشَّمْسُ فَقَامَ إِلَى الْمَسْجِدِ يَجُرُّ رِدَاءَهُ مِنَ الْعَجَلَةِ فَقَامَ إِلَيْهِ النَّاسُ فَصَلَّى رَكْعَتَيْنِ كَمَا يُصَلُّونَ فَلَمَّا انْجَلَتْ خَطَبَنَا فَقَالَ " إِنَّ الشَّمْسَ وَالْقَمَرَ آيَتَانِ مِنْ آيَاتِ اللَّهِ يُخَوِّفُ بِهِمَا عِبَادَهُ وَإِنَّهُمَا لاَ يَنْكَسِفَانِ لِمَوْتِ أَحَدٍ فَإِذَا رَأَيْتُمْ كُسُوفَ أَحَدِهِمَا فَصَلُّوا وَادْعُوا حَتَّى يَنْكَشِفَ مَا بِكُمْ " .
Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Nabiy ﷺ ning huzurlarida edik. Shunda quyosh tutildi. U zot shoshgʻanlaridan ridolarini sudragancha masjid tomon turib bordilar. Odamlar ham u zotning yonlariga turishdi. U zot xuddi odamlar oʻqiganidek ikki rakat oʻqidilar. Quyosh ochilgach, bizga xutba qilib: «Albatta, quyosh va oy Allohning oyatlaridan ikkitasidir. Alloh ular bilan bandalarini qoʻrqitadi. Ular biror kishining oʻlimi sababidan tutilmaydi. Bas, ularning birortasi tutilganini koʻrsangiz, sizdan bu holat ketguncha namoz oʻqing va duo qiling», dedilar.