أَخْبَرَنَا إِبْرَاهِيمُ بْنُ الْحَسَنِ، عَنْ حَجَّاجِ بْنِ مُحَمَّدٍ، عَنْ شُعْبَةَ، عَنِ الْحَكَمِ، عَنْ يَزِيدَ الْفَقِيرِ، عَنْ جَابِرِ بْنِ عَبْدِ اللَّهِ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى بِهِمْ صَلاَةَ الْخَوْفِ فَقَامَ صَفٌّ بَيْنَ يَدَيْهِ وَصَفٌّ خَلْفَهُ صَلَّى بِالَّذِينَ خَلْفَهُ رَكْعَةً وَسَجْدَتَيْنِ ثُمَّ تَقَدَّمَ هَؤُلاَءِ حَتَّى قَامُوا فِي مَقَامِ أَصْحَابِهِمْ وَجَاءَ أُولَئِكَ فَقَامُوا مَقَامَ هَؤُلاَءِ وَصَلَّى بِهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم رَكْعَةً وَسَجْدَتَيْنِ ثُمَّ سَلَّمَ فَكَانَتْ لِلنَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم رَكْعَتَانِ وَلَهُمْ رَكْعَةٌ .
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ ularga xavf namozini oʻqib berdilar. Bir saf u zotning oldida, bir saf esa orqasida turdi. U zot orqasidagilar bilan bir rakaat va ikki sajda oʻqidilar. Soʻng bular oldinga oʻtib, oʻz sheriklari turgan joyga bordi, anavilar esa kelib bularning oʻrniga turdi va Rasululloh ﷺ ular bilan bir rakaat va ikki sajda oʻqidilar. Soʻng salom berdilar. Shunday qilib, Nabiy ﷺ uchun ikki rakaat, ular uchun esa bir rakaat boʻldi.