أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا حَمَّادٌ، عَنْ ثَابِتٍ، عَنْ أَنَسٍ، أَنَّ أَعْرَابِيًّا، بَالَ فِي الْمَسْجِدِ فَقَامَ إِلَيْهِ بَعْضُ الْقَوْمِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ تُزْرِمُوهُ " . فَلَمَّا فَرَغَ دَعَا بِدَلْوٍ مِنْ مَاءٍ فَصَبَّهُ عَلَيْهِ .
Anas (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir aʼrobiy masjidga bavl qildi. Shunda odamlardan baʼzilari unga tomon oʻrnidan turdi. Rasululloh ﷺ: «Uni toʻxtatmanglar», dedilar. U tugatgach, u zot bir chelak suv soʻratib, uning ustiga quydilar.