أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنِ ابْنِ شِهَابٍ، عَنْ عُرْوَةَ، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم صَلَّى فِي الْمَسْجِدِ ذَاتَ لَيْلَةٍ وَصَلَّى بِصَلاَتِهِ نَاسٌ ثُمَّ صَلَّى مِنَ الْقَابِلَةِ وَكَثُرَ النَّاسُ ثُمَّ اجْتَمَعُوا مِنَ اللَّيْلَةِ الثَّالِثَةِ أَوِ الرَّابِعَةِ فَلَمْ يَخْرُجْ إِلَيْهِمْ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَلَمَّا أَصْبَحَ قَالَ " قَدْ رَأَيْتُ الَّذِي صَنَعْتُمْ فَلَمْ يَمْنَعْنِي مِنَ الْخُرُوجِ إِلَيْكُمْ إِلاَّ أَنِّي خَشِيتُ أَنْ يُفْرَضَ عَلَيْكُمْ " . وَذَلِكَ فِي رَمَضَانَ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ bir kechasi masjidda namoz oʻqidilar, u zotning namoziga bir necha kishi ergashib oʻqidi. Soʻng keyingi kechasi ham oʻqidilar, odamlar koʻpaydi. Soʻng uchinchi yoki toʻrtinchi kechasi ular toʻplandilar, ammo Rasululloh ﷺ ularning oldiga chiqmadilar. Tong otganda: «Sizlarning qilgan ishingizni koʻrdim. Meni sizlarning oldingizga chiqishimdan faqat sizlarga farz qilinib qoʻyilishidan qoʻrqqanim toʻsdi», dedilar. Bu Ramazonda edi.