أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عُثْمَانَ بْنِ سَعِيدِ بْنِ كَثِيرٍ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبِي وَبَقِيَّةُ، قَالاَ حَدَّثَنَا ابْنُ أَبِي حَمْزَةَ، قَالَ حَدَّثَنِي الزُّهْرِيُّ، قَالَ أَخْبَرَنِي عُبَيْدُ اللَّهِ بْنُ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ الْحَارِثِ بْنِ نَوْفَلٍ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ خَبَّابِ بْنِ الأَرَتِّ، عَنْ أَبِيهِ، وَكَانَ، قَدْ شَهِدَ بَدْرًا
Xabbob ibn al-Arat (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U bir kecha Rasululloh ﷺni kuzatdi, u zot butun tun bomdod vaqtigacha namoz oʻqidilar. Rasululloh ﷺ namozlarini tugatib salom berganlarida, Xabbob u zotga: «Ota-onam sizga fido boʻlsin, ey Rasululloh, kecha bir namoz oʻqidingizki, sizni bunday oʻqigan holda sira koʻrmagan edim», dedi. Rasululloh ﷺ: «Ha, darhaqiqat. Bu umid va qoʻrquv namozidir. Men bunda Robbimdan uch narsani soʻradim; U menga ikkitasini berdi va bittasini bermadi. Robbimdan bizdan avvalgi ummatlarni halok qilgan narsa bilan bizni halok qilmasligini soʻradim, U menga buni berdi. Robbimdan bizga tashqaridan dushmanni gʻolib qilmasligini soʻradim, U menga buni berdi. Robbimdan bizni firqalarga boʻlib, bir-birimizga qarshi urushtirmasligini soʻradim, ammo U menga buni bermadi», dedilar.