أَخْبَرَنَا شُعَيْبُ بْنُ يُوسُفَ، عَنْ يَحْيَى، عَنْ هِشَامٍ، قَالَ أَخْبَرَنِي أَبِي، عَنْ عَائِشَةَ، أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم دَخَلَ عَلَيْهَا وَعِنْدَهَا امْرَأَةٌ فَقَالَ " مَنْ هَذِهِ " . قَالَتْ فُلاَنَةُ لاَ تَنَامُ . فَذَكَرَتْ مِنْ صَلاَتِهَا فَقَالَ " مَهْ عَلَيْكُمْ بِمَا تُطِيقُونَ فَوَاللَّهِ لاَ يَمَلُّ اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ حَتَّى تَمَلُّوا وَلَكِنَّ أَحَبَّ الدِّينِ إِلَيْهِ مَا دَاوَمَ عَلَيْهِ صَاحِبُهُ " .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ uning huzuriga kirdilar, oldida bir ayol bor edi. «Bu kim?» deb soʻradilar. U: «Falon ayol, u uxlamaydi», dedi va uning koʻp namoz oʻqishini aytdi. Shunda: «Bas qiling! Toqatingiz yetadigan amalni bajaringiz. Ollohga qasamki, siz zerikmaguningizcha Olloh azza va jalla (savob berishdan) zerikmaydi. Unga eng suyukli din — sohibi doimiy bajaradigan amaldir», dedilar.