أَخْبَرَنَا هَنَّادُ بْنُ السَّرِيِّ، عَنْ مُلاَزِمِ بْنِ عَمْرٍو، قَالَ حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ بَدْرٍ، عَنْ قَيْسِ بْنِ طَلْقٍ، قَالَ زَارَنَا أَبِي طَلْقُ بْنُ عَلِيٍّ فِي يَوْمٍ مِنْ رَمَضَانَ فَأَمْسَى بِنَا وَقَامَ بِنَا تِلْكَ اللَّيْلَةَ وَأَوْتَرَ بِنَا ثُمَّ انْحَدَرَ إِلَى مَسْجِدٍ فَصَلَّى بِأَصْحَابِهِ حَتَّى بَقِيَ الْوِتْرُ ثُمَّ قَدَّمَ رَجُلاً فَقَالَ لَهُ أَوْتِرْ بِهِمْ فَإِنِّي سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " لاَ وِتْرَانِ فِي لَيْلَةٍ " .
Qays ibn Talq (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: «Otam Talq ibn Ali ramazon kunlaridan birida bizni yoʻqlab keldi va biz bilan birga kechani oʻtkazdi, oʻsha kechasi bizga imom boʻlib qiyom qildi hamda bizga vitr oʻqib berdi. Soʻng bir masjidga tushib, ashoblariga imomlik qildi, vitr qolganida esa bir kishini oldinga chiqarib, unga: ‹Ularga vitr oʻqib bergin, chunki men Rasululloh ﷺ: ‹Bir kechada ikki vitr boʻlmaydi›, deganlarini eshitganman›, dedi», dedi.