أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ مَسْعُودٍ، قَالَ حَدَّثَنَا خَالِدٌ، قَالَ حَدَّثَنَا هِشَامٌ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، عَنْ أَبِي سَلَمَةَ، أَنَّهُ سَأَلَ عَائِشَةَ عَنْ صَلاَةِ، رَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم بِاللَّيْلِ قَالَتْ كَانَ يُصَلِّي ثَلاَثَ عَشْرَةَ رَكْعَةً يُصَلِّي ثَمَانَ رَكَعَاتٍ ثُمَّ يُوتِرُ ثُمَّ يُصَلِّي رَكْعَتَيْنِ وَهُوَ جَالِسٌ فَإِذَا أَرَادَ أَنْ يَرْكَعَ قَامَ فَرَكَعَ وَيُصَلِّي رَكْعَتَيْنِ بَيْنَ الأَذَانِ وَالإِقَامَةِ فِي صَلاَةِ الصُّبْحِ .
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Undan Rasululloh ﷺning kechasi oʻqiydigan namozlari haqida soʻralganda, u shunday dedi: «U zot oʻn uch rakat oʻqir edilar: sakkiz rakat oʻqib, soʻng vitr oʻqirdilar, keyin oʻtirgan holda ikki rakat oʻqirdilar. Rukuga bormoqchi boʻlsalar, oʻrinlaridan turib rukuga borardilar. Bomdod namozida esa azon bilan iqoma orasida ikki rakat oʻqirdilar».