أَخْبَرَنَا مُحَمَّدُ بْنُ الْمُثَنَّى، عَنْ يَحْيَى، عَنِ الأَعْمَشِ، قَالَ حَدَّثَنِي شَقِيقٌ، عَنْ أُمِّ سَلَمَةَ، قَالَتْ سَمِعْتُ رَسُولَ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم يَقُولُ " إِذَا حَضَرْتُمُ الْمَرِيضَ فَقُولُوا خَيْرًا فَإِنَّ الْمَلاَئِكَةَ يُؤَمِّنُونَ عَلَى مَا تَقُولُونَ " . فَلَمَّا مَاتَ أَبُو سَلَمَةَ قُلْتُ يَا رَسُولَ اللَّهِ كَيْفَ أَقُولُ قَالَ " قُولِي اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَنَا وَلَهُ وَأَعْقِبْنِي مِنْهُ عُقْبَى حَسَنَةً " . فَأَعْقَبَنِي اللَّهُ عَزَّ وَجَلَّ مِنْهُ مُحَمَّدًا صلى الله عليه وسلم .
Ummu Salama (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning: «Bemorning yoki mayyitning oldida hozir boʻlsangiz, yaxshi soʻz aytinglar. Chunki farishtalar sizlar aytgan narsaga omin deydilar», deganlarini eshitdim. Abu Salama vafot etganida men: «Ey Allohning Rasuli, men nima deyin?» dedim. U zot: «‹Allohim, bizni va uni magʻfirat qilgin, mening uchun undan yaxshi oqibat ato etgin›, degin», dedilar. Bas, Alloh azza va jalla menga uning oʻrniga Muhammad ﷺni ato etdi.