أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ يَزِيدَ، قَالَ حَدَّثَنَا بَهْزُ بْنُ أَسَدٍ، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ الْمُنْكَدِرِ، عَنْ جَابِرٍ، أَنَّ أَبَاهُ، قُتِلَ يَوْمَ أُحُدٍ - قَالَ - فَجَعَلْتُ أَكْشِفُ عَنْ وَجْهِهِ، وَأَبْكِي، وَالنَّاسُ، يَنْهَوْنِي وَرَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم لاَ يَنْهَانِي وَجَعَلَتْ عَمَّتِي تَبْكِيهِ فَقَالَ رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم " لاَ تَبْكِيهِ مَا زَالَتِ الْمَلاَئِكَةُ تُظِلُّهُ بِأَجْنِحَتِهَا حَتَّى رَفَعْتُمُوهُ " .
Jobir (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Otam Uhud kunida oʻldirildi. Men uning yuzini ochib, yigʻlay boshladim. Odamlar meni qaytarardilar, Rasululloh ﷺ esa meni qaytarmasdilar. Ammam ham unga yigʻlay boshladi. Shunda Rasululloh ﷺ: «Unga yigʻlamang. Farishtalar toki sizlar uni koʻtargungizcha uni qanotlari bilan soyalab turdilar», dedilar.