أَخْبَرَنَا عَمْرُو بْنُ عَلِيٍّ، قَالَ حَدَّثَنَا يَحْيَى، قَالَ حَدَّثَنَا شُعْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا أَبُو إِيَاسٍ، - وَهُوَ مُعَاوِيَةُ بْنُ قُرَّةَ - عَنْ أَبِيهِ، رضى الله عنه أَنَّ رَجُلاً، أَتَى النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم وَمَعَهُ ابْنٌ لَهُ فَقَالَ لَهُ " أَتُحِبُّهُ " . فَقَالَ أَحَبَّكَ اللَّهُ كَمَا أُحِبُّهُ . فَمَاتَ فَفَقَدَهُ فَسَأَلَ عَنْهُ فَقَالَ " مَا يَسُرُّكَ أَنْ لاَ تَأْتِيَ بَابًا مِنْ أَبْوَابِ الْجَنَّةِ إِلاَّ وَجَدْتَهُ عِنْدَهُ يَسْعَى يَفْتَحُ لَكَ " .
Qurra ibn Iyos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺning huzuriga bir oʻgʻli bilan keldi. U zot unga: «Buni yaxshi koʻrasanmi?» dedilar. U: «Men uni yaxshi koʻrganimdek, Alloh sizni yaxshi koʻrsin», dedi. Soʻng u bola vafot etdi. U zot uni koʻrmay qolib, u haqda soʻradilar. Shunda: «Jannat eshiklaridan qaysi biriga borsang, uni oʻsha yerda seni kutib, senga ochish uchun shoshilib turgan holda topishing seni xursand qilmaydimi?» dedilar.