أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، عَنْ مَالِكٍ، عَنْ أَيُّوبَ، عَنْ مُحَمَّدِ بْنِ سِيرِينَ، أَنَّ أُمَّ عَطِيَّةَ الأَنْصَارِيَّةَ، قَالَتْ دَخَلَ عَلَيْنَا رَسُولُ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم حِينَ تُوُفِّيَتِ ابْنَتُهُ فَقَالَ " اغْسِلْنَهَا ثَلاَثًا أَوْ خَمْسًا أَوْ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكِ إِنْ رَأَيْتُنَّ ذَلِكِ بِمَاءٍ وَسِدْرٍ وَاجْعَلْنَ فِي الآخِرَةِ كَافُورًا أَوْ شَيْئًا مِنْ كَافُورٍ فَإِذَا فَرَغْتُنَّ فَآذِنَّنِي " . فَلَمَّا فَرَغْنَا آذَنَّاهُ فَأَعْطَانَا حَقْوَهُ وَقَالَ " أَشْعِرْنَهَا إِيَّاهُ " .
Umm Atiyya al-Ansoriya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ qizlari vafot etganida huzurimizga kirdilar va: «Uni suv va sidr bilan uch marta, yoki besh marta, agar zarur deb bilsangiz undan ham koʻproq yuvinglar, oxirgi marta kofur yoki bir oz kofur qoʻshinglar. Tugatgach, menga xabar beringlar», dedilar. Biz tugatganimizda, u zotga xabar berdik. Shunda u zot bizga izorlarini berdilar va: «Uni shunga oʻranglar», dedilar.