أَخْبَرَنَا إِسْمَاعِيلُ بْنُ مَسْعُودٍ، قَالَ حَدَّثَنَا بِشْرٌ، عَنْ سَلَمَةَ بْنِ عَلْقَمَةَ، عَنْ مُحَمَّدٍ، عَنْ بَعْضِ، إِخْوَتِهِ عَنْ أُمِّ عَطِيَّةَ، قَالَتْ تُوُفِّيَتِ ابْنَةٌ لِرَسُولِ اللَّهِ صلى الله عليه وسلم فَأَمَرَنَا بِغَسْلِهَا فَقَالَ " اغْسِلْنَهَا ثَلاَثًا أَوْ خَمْسًا أَوْ سَبْعًا أَوْ أَكْثَرَ مِنْ ذَلِكِ إِنْ رَأَيْتُنَّ " . قَالَتْ قُلْتُ وِتْرًا قَالَ " نَعَمْ وَاجْعَلْنَ فِي الآخِرَةِ كَافُورًا أَوْ شَيْئًا مِنْ كَافُورٍ فَإِذَا فَرَغْتُنَّ فَآذِنَّنِي " . فَلَمَّا فَرَغْنَا آذَنَّاهُ فَأَعْطَانَا حَقْوَهُ وَقَالَ " أَشْعِرْنَهَا إِيَّاهُ " .
Ummu Atiyya (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺning bir qizlari vafot etdi. U zot bizga uni yuvishni buyurib: «Uni uch marta yoki besh marta yoki yetti marta yoki agar zarur deb bilsangiz undan ham koʻproq yuvinglar», dedilar. Men: «Toq martami?» dedim. U zot: «Ha, oxirgisida kofur yoki ozgina kofurdan qoʻshinglar. Tugatganlaringizda menga xabar beringlar», dedilar. Biz tugatganimizda u zotga xabar berdik. U zot bizga oʻz belbogʻlarini berib: «Uni shu bilan oʻranglar», dedilar.