أَخْبَرَنَا قُتَيْبَةُ، قَالَ حَدَّثَنَا سُفْيَانُ، عَنِ الزُّهْرِيِّ، عَنْ أَبِي أُمَامَةَ بْنِ سَهْلٍ، قَالَ مَرِضَتِ امْرَأَةٌ مِنْ أَهْلِ الْعَوَالِي وَكَانَ النَّبِيُّ صلى الله عليه وسلم أَحْسَنَ شَىْءٍ عِيَادَةً لِلْمَرِيضِ فَقَالَ " إِذَا مَاتَتْ فَآذِنُونِي " . فَمَاتَتْ لَيْلاً فَدَفَنُوهَا وَلَمْ يُعْلِمُوا النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم فَلَمَّا أَصْبَحَ سَأَلَ عَنْهَا فَقَالُوا كَرِهْنَا أَنْ نُوقِظَكَ يَا رَسُولَ اللَّهِ . فَأَتَى قَبْرَهَا فَصَلَّى عَلَيْهَا وَكَبَّرَ أَرْبَعًا .
Abu Umoma ibn Sahl (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Avoliy ahlidan boʻlgan bir ayol kasal boʻlib qoldi. Nabiy ﷺ bemorni koʻrgani borishda eng yaxshi kishi edilar. U zot: «U vafot etsa, menga xabar beringlar», dedilar. Ayol kechasi vafot etdi va ular uni koʻmib, Nabiy ﷺga bildirmadilar. Tong otgach, u zot uning haqida soʻradilar. Ular: «Ey Rasululloh, sizni uygʻotishni yoqtirmadik», dedilar. Shunda u zot uning qabri oldiga kelib, unga janoza namozini oʻqidilar va toʻrt marta takbir aytdilar.